“Bu uning uchun yomon tugaydi” — Tramp Putinga tahdid qildi

10:32 13 Oktyabr 2025 Dunyo
215 0

Foto: Комсомольская правда

AQSH prezidenti Donald Tramp jurnalistlar oldida chiqish qilib, Ukraina mojarosi va Kiyevga “Tomahawk” raketalarini yetkazib berish masalasiga toʻxtalib oʻtdi. Xususan, u rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin kelishuvga rozi boʻlishi, agar rozi boʻlmasa, Rossiya rahbari oqibatlarga olib kelishiga ishonch bildirdi.

“Prezident Putin buni hal qila olsa, ajoyib boʻlishiga ishonaman. Va menimcha, u buni hal qiladi... Va agar u hal qilmasa, bu uning uchun yomon tugaydi”, — dedi Tramp.

AQSH yetakchisi oʻz nutqi davomida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati tafsilotlarini ham maʼlum qildi va muloqotni yaxshi dedi. Unga koʻra, Ukraina rahbari Kiyevga qanday qurol turlari kerakligini tushuntirgan. Xususan, u Ukraina Qurolli kuchlariga “Tomahawk” raketalarini yetkazib berishni soʻragan.

Biroq Tramp Ukrainaga ushbu raketalarni faqat ziddiyatni boshqa yoʻllar bilan hal qilib boʻlmasagina yetkazib berish niyatida. AQSH prezidenti, shuningdek, ularni Kiyevga yetkazish imkoniyatini Putin bilan shaxsan muhokama qilishga tayyorligini taʼkidlagan.

Zelenskiy bu borada nima deydi?

Zelenskiy va Tramp soʻnggi kunlarda ikki marta – 11 va 12 oktabr kunlari telefon orqali gaplashgan. Ukraina rahbari suhbatlar samarali boʻlganini maʼlum qilgan, biroq keyinroq AQSH “Tomahawk”ni yetkazib berish boʻyicha yakuniy qarorga kelmaganini tan olgan.

“Biz buning ustida ishlayapmiz. Va men prezident Trampning qarorini kutyapman. Biz bunday qarorlarga umid qilamiz”, — dedi Vladimir Zelenskiy.

Tramp hali bir qarorga kelmaganiga qaramay, Zelenskiy allaqachon raketa zarbasi nishonlarini aniqlashni boshlagan. Uning ishontirishicha, Ukraina Qurolli kuchlari “Tomahawk”lardan faqat harbiy nishonlarga qarshi, fuqarolik obyektlariga taʼsir qilmasdan foydalanadi.

Ukraina prezidenti Kiyevga bu raketalar bir maqsadga erishish uchun kerak, deb tushuntirdi: Rossiyaga bosim oʻtkazish. Uning fikricha, Rossiya AQSH oxir-oqibat Ukraina Qurolli kuchlarini “Tomahawk”lar bilan taʼminlashidan qoʻrqadi va bundan foydalanish kerak.

Rossiyaning reaksiyasi qanday?

Kreml “Tomahawk”ning Ukrainaga yetkazilishidan xavotir bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov taʼkidlaganidek, hozirda mojaro atrofida keskinlik kuchaymoqda va raketa yetkazilishi ularni yanada kuchaytiradi. U, shuningdek, “Tomahawk” yadroviy qurolga ega boʻlishi mumkinligini va xorijdagi harbiy ekspertlar buni tushunishi kerakligini taʼkidladi.

Rossiya Davlat Dumasi Mudofaa qoʻmitasi aʼzosi Andrey Kolesnikning aytishicha, Rossiya bu quroldan qoʻrqmaydi.

“Tomahawk” bizni qoʻrqitmaydi, Rossiyani esa qoʻrqitib boʻlmaydi. U [Zelenskiy] buni qayerda koʻrgan va eshitgan — bu sir”, — deydi Andrey Kolesnik.

Kolesnik, shuningdek, “Tomahawk” kuchli qurol ekanligini, biroq u ham maxsus harbiy operatsiya yoʻnalishini oʻzgartirishga qodir emasligini qoʻshimcha qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?