“Bu notoʻgʻri tuyuldi” — Tramp Putin bilan uchrashuvni bekor qildi
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp Budapeshtda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qilganini maʼlum qildi. U bu haqda Oq uyda jurnalistlarga aytdi. Tramp uchrashuv samaradorligiga shubha bildirgan.
“Bu notoʻgʻri tuyuldi. Men xohlagan maqsadga erisha olmasligimizni his qildim”, — dedi AQSH yetakchisi.
AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, Qoʻshma Shtatlar Rossiya tomoni bilan muloqotga ochiqligicha qoladi... Tinchlikka erishish imkoni boʻlsa, doimo aloqalarga intiladi.
Shu yilning 16-oktyabr kuni Putin va Tramp telefon orqali muloqot oʻtkazdi. Ikki soatlik suhbatda yakuni AQSH rahbari tomonlar “katta muvaffaqiyatga erishgani”, aytdi va Putin bilan Budapeshtda uchrashish rejalarini ham maʼlum qildi.
Tramp kelajakda rossiyalik hamkasbi bilan uchrashish niyatida ekanini qoʻshimcha qildi. U, shuningdek, Ukrainadagi mojaroni hal qilish tarafdori ekanini tan oldi.
Avvalroq Tramp Putin bilan Budapeshtda sammit oʻtkazish yoki oʻtkazish masalasini yaqin ikki kun ichida hal qilishini maʼlum qilgandi. Bungacha AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga vaʼda bergan edi.
Shu yilning 22-oktyabr kuni oqshomida AQSH moliya vaziri Skott Bessent Rossiyaga qarshi sanksiyalar sezilarli darajada oshirilganini maʼlum qildi. Uning aniqlik kiritishicha, Vashington Ukraina boʻyicha muzokaralarga yondashuvi tufayli Moskvaga nisbatan choralarni kuchaytirgan. Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzoq davom etmasligiga umid bildirdi.
Maʼlumki, AQSH Rossiyaning neft kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgan. “Sanksiyalarning yakuniy maqsadi jazolash emas, balki Rossiya xatti-harakatlarida ijobiy oʻzgarishlarga erishishdir”, — deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketini tasdiqladi. Cheklovlar kuchga kirishi uchun ular Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan vazirlar darajasida tasdiqlanishi kerak. Paket “Soya floti” deb ataladigan 117 ta kemaga qarshi choralarni oʻz ichiga oladi. Gollandiya tashqi ishlar vaziri David van Viyelning aniqlik kiritishicha, hozirda jami 564 ta kema Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida.
Tramp Putin ham, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham mojaro tinch yoʻl bilan hal etilishini istashiga ishonishini aytdi.
“Agar men prezident boʻlganimda, bu boshlanmasdi”, — dedi AQSH prezidenti. Shuningdek, u mojaro tomonlarini Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishga chaqirdi.
“Biz ular ancha vaqtdan beri tashkil etilgan chiziqda qolib, uylariga qaytishlarini istardik”, — dedi Tramp
Avvalroq Bessent prezident Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralarning hozirgi holatidan hafsalasi pir boʻlganini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring