Bronxial astma kasalligi bor bemorlar vaksina olishi kerakmi?
Bronxial astma kasalligi mavjud bemorlar vaksina olishlari kerakmi? AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva mazkur savolga javob berdi.
Qayd etilishicha, bronxial astamasi bor bemorlar koronavirusga chalinmasliklari yoki kasallik yengil kechuvda oʻtishi toʻgʻrisida olimlar tomonidan maʼlumotlar mavjud, amaliyotda ham bu kuzatilmoqda.
«Lekin, bu bemorlar kasallikni baʼzi bosqichlarida, tabletka koʻrinishida glyukokortikosteroidlar qabul qilishlari kerak boʻlgan davrlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishlari ogʻir darajada oʻtishini keltirib chiqarishi mumkinligini ham bilamiz.
Shu bois, bunday bemorlarni kasallikni ogʻir holatlaridan himoya qilish maqsadida, ular ham oʻz vaqtida emlash oʻtkazganlari maqsadga muvofiq.
Emlashdan oldin, bu bemorlarda kuzatiladigan allergik statusni toʻliq oʻrganib chiqish va ular kasallikni tinch davrida emlanishlari kerak.
Allergik statusda, asosan vaksinani tarkibidagi vositalarga nisbatan allergiyasi bor yoki yoʻqligini bilishi juda muhim hisoblanadi. Bu, oʻz oʻrnida anafilaktik reaksiya kelib chiqishini oldini oladi», deydi Sevara Ubaydullayeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring