Britaniya yangi Bosh vazirni saylamoqda
Foto: JONATHAN HORDLE/ITV
Britaniya parlamentida “torilar” (Konservativ) partiyasi 358 oʻringa ega. Qonunchilikka koʻra, parlamentda hukmron partiya Bosh vazir nomzodini koʻrsatadi.
Britaniyada hali parlament saylovi oʻtkazilmaydi. Keyingi parlament saylovi 2025-yil oʻtkazilishi belgilangan. Shunga koʻra amaldagi hukmron partiya Boris Jonson oʻrniga, yangi nomzodni taqdim etmoqda.
Partiyaning nomzod koʻrsatish saylovi final bosqichga yetdi. Finalga ikki nomzod Rishi Sunak hamda Liz Trass chiqdi. Finalda gʻolibni konservativ partiyaning oddiy aʼzolari aniqlashadi. Partiya bileti bor britaniyaliklarga byulleten joʻnatiladi, ular byulletenni toʻldirib qaytarib joʻnatishadi.
Gʻolib 5-sentyabr kuni aniqlanadi. Boris Jonson qirolichaga isteʼfosi haqida maʼlum qilib, yangi Bosh vazirni tanishtiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring