Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru uy qamogʻiga olindi
Foto: Bloomberg
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlarini qayta-qayta buzgani uchun uy qamogʻiga joylashtirildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bolsonaru yaqinda oʻz tarafdorlari bilan mitingda ishtirok etgan va nutqini oʻgʻlining telefoni orqali uzatgan. Bu esa unga nisbatan ilgari berilgan taqiqni buzish deb topilgan.
Yuqori sud tomonidan qabul qilingan yangi qarorga koʻra, endilikda:
— Bolsonaru mobil telefondan foydalana olmaydi;
— sud ruxsatisiz mehmon qabul qilishi taqiqlanadi;
— har qanday keyingi buzilishlar esa qamoq jazosi bilan yakunlanishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Jair Bolsonaru 2022-yilgi prezidentlik saylovlaridan soʻng davlat toʻntarishini rejalashtirishda ayblanmoqda. Mazkur ish boʻyicha sud hukmi yaqin haftalarda eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring