Bojxona omborlarida saqlash muddati oʻtgan tovarlar davlat egaligiga oʻtkaziladi
Prezidentning “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan, davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib 2026-yilga qadar bojxona deklaratsiyalarini inson omilisiz rasmiylashtiruv ulushini 2 barobarga oshirish, 2028-yilga qadar bojxona koʻrigini 21 foizdan 15 foizga tushirish va 2030-yilga qadar sunʼiy intellekt elementlaridan foydalangan holda xavfni boshqarish tizimi samaradorligini 2 barobarga oshirish kabilar ekanligi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, 2025-yil 1-iyuldan boshlab veterinariya va fitosanitariya sohasida tashqi savdo yuklariga tegishli har qanday hujjatlarga muhr va shtamp bosish hamda ularni yozma tarzda roʻyxatga olish amaliyoti bekor qilinadi, barcha tartibotlar ushbu hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash orqali amalga oshiriladi. Tovarlar eksportida xalqaro shartnomalarda qatʼiy belgilangan holatlar bundan mustasno.
Bundan tashqari, bojxona omborida saqlash muddati tugagan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan tovarlar sud qaroriga koʻra davlat egaligiga oʻtkazilib, qonun doirasida tasarruf etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring