Bojxona auditi instituti va xalqaro hamkorlik
Bojxona maʼmuriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqish, bojxona sohasining eng dolzarb mavzularida seminar va mahorat darslarini tashkil etish, ilgʻor raqamli bojxona texnologiyalarini qoʻllash borasida xorij tajribasini keng implementatsiya qilish maqsadida xalqaro tashkilotlari bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
Jumladan, 2021-yil noyabr oyida mamlakatimizga tashrifi doirasida Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuria hamda Davlat bojxona qoʻmitasi Raisi Akmalxoʻja Mavlonov oʻrtasida imzolangan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq mazkur tashkilotning xalqaro ekspertlari ishtirokida turli seminar-treninglar, amaliy mashgʻulotlar tashkil qilish anʼanaga aylandi.
Yaqinda Jahon bojxona tashkilotining Bojxona auditi kotibiyati rahbari Shingo Tanagami va mazkur tashkilotning xalqaro eksperti Abdul Raxman Fatima mamlakatimizga tashrif buyurib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida bojxona auditini xalqaro standartlarga muvofiq joriy etishning hozirgi holati bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Davlat bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari N.Musamuxamedov soʻnggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida bojxona sohasida keng miqyosdagi islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Jumladan, ilgari amaliyotda kuzatilmagan bojxona auditi institutining joriy qilinganligi respublikamizda tashqi savdoni soddalashtirish orqali uning hajmini oshirishga xizmat qilishi koʻzda tutilmoqda.
Shundan soʻng Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida xalqaro ekspertlar itshirokidagi 5 kunlik seminarga start berildi. Mashgʻulotlarda bojxona organlarida bojxona auditi yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etib, oʻz bilim va malakalarini oshirishdi.
Seminarda asosiy eʼtibor xalqaro standartlar asosida bojxona auditini tashkil etish, uni oʻtkazish, bojxona auditidan oʻtkaziladigan shaxslarni xavf darajalariga koʻra tanlab olish, maʼlumotlarni tahlil qilish, tadbirkorlik subyektlarining bojxona qonunchiligi toʻgʻrisida bilimlarini oshirishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga qaratildi. Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekistoning bu boradagi tajribasi xalqaro standartlar miqyosida tahlil qilindi.
Shuningdek, bojxona auditining institutsional asosi, konsepsiyasi, siyosati, “Bojxona auditi” avtomatlashtirilgan axborot tizimning joriy holati, tuzilmasi, mavjud muammolari va istiqboldagi rejalari koʻrib chiqildi.
Seminar davomida xalqaro ekspertlar tomonidan bojxona auditi tizimi xalqaro savdoni yengillashtirish va mamlakat tashqi savdo aylanmasi xajmining oshishga xizmat qilishi, tadbirkorlik subyektlarining oʻz-oʻzini baholash darajalarning oshishiga, bojxona va biznes vakillari oʻrtasidagi hamkorlikning rivojlanishiga yordam berishi taʼkidlandi.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan bojxona auditi milliy tizimi xalqaro standartlarga mos kelishi va qisqa davrda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuksak baholandi.
5 kunlik seminar bojxona maʼmuriyatchiligida yangi tashkil qilingan bojxona auditi milliy tizimini yanada isloh qilish, xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, bojxona va tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish uchun yangidan yangi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qildi.

Mamlakatimizga tashrifi doirasida Jahon bojxona tashkilotining nufuzli xalqaro ekspertlari Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Arkbulok” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, xalqaro ekspertlarga bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari, elektron hujjat namunalari, xavflarni boshqarish tizimi doirasida tovarlarni xavf yoʻlaklariga taqsimoti tanishtirildi, shuningdek TIF ishtirokchilarining bojxona qonunchiliklariga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan eslatmalar, qoʻllanmalar, videoroliklar koʻrsatildi.
Ekspertlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvida xavflarni boshqarish tizimini qoʻllash, bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish, bojxona organlariga taqdim etiladigan elektron maʼlumotlar boʻyicha olib borayotgan ishlarini yuqori baholashdi.
Tashrif yakunlari boʻyicha xalqaro ekspertlar tomonidan TIF ishtirokchilarining oʻzini-oʻzi baholash, tadbirkorlarga bojxona tartibotlari toʻgʻrisida tushunchalar berish, ularning bojxona qonunchilik hujjatlariga rioya qilish darajasini oshirish maqsadida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona posti va bojxona auditi tuzilmalari oʻrtasida hamkorlik qilish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring