Bosh prokurorga yangi oʻrinbosar tayinlanadi. Uning vazifasi nima?
Foto: Illustrativ
Hududiy prokuraturalarda Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boʻlinmalari tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning “Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida koʻrsatib oʻtildi.
Maʼlum boʻlishicha, farmonga bilan Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga masʼul boʻlgan Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.
Bunda Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida 7 ta shtat birligidan iborat Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida jami 28 ta shtat birligidan iborat Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boʻlinmalari tashkil etilishi ham farmon ijrosi bilan bogʻlangan.
Yangi kiritilayotgan Bosh prokuror oʻrinbosari zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatiladi. Masalan, ushbu lavozim egasi har haftada kamida bitta tuman (shahar)ga borib, kambagʻal oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini oʻrganadi.
Shuningdek, kambagʻal oilalarga berilayotgan mablagʻlar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilish, kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan masʼullarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash ham Bosh prokuror oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi.
Ijtimoiy himoya va kambagʻallikni qisqartirish sohasida qabul qilinayotgan qonunlar talablari, Prezidentning Farmon va qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish ham farmon bilan Bosh Prokurorning yangi oʻrinbosari masʼuliyatiga kiradi.
Avvalroq, Shaxmat Olimpiadasidagi bugungi raqibimiz Misr ekanligi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring