BMT Xavfsizlik Kengashi Gʻazo masalasida yigʻilish oʻtkazadi
Bugun, 29 noyabr kuni G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining yuqori darajadagi majlisi o‘tkaziladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi. KP Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I yig‘ilishga raislik qilish uchun Nyu-Yorkka boradi.
– Xitoy Kengashdan xalqaro tinchlikni, xavfsizlikni saqlash bo‘yicha asosiy mas’uliyatini bajarishi, umumiy sa’y-harakatda faollik ko‘rsatishini kutadi, – dedi diplomat. – Yuqori darajadagi yig‘ilish orqali chuqur almashinuvni rivojlantirishga kelishib olish, aniq choralar ko‘rish va G‘azodagi gumanitar inqirozni yumshatish, o‘t ochishni, harbiy harakatni to‘xtatish, begunoh aholi va fuqarolarni himoya qilishga munosib hissa qo‘shishga erishishni umid qilamiz. Pirovard maqsad “Ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida Falastin muammosini keng qamrovli, adolatli va uzoq muddatli tartibda hal etishga ko‘maklashish.
Ta’kidlanishicha, BMT XK tomonidan Isroil – Falastin mojarosi boshlangandan keyin qabul qilingan ilk rezolyutsiya o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida dastlabki qadamni qo‘yish imkonini berdi va gumanitar hujum tarqalishining oldini olishga ko‘maklashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring