BMT Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Gʻazo sektorida soʻzsiz va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.
Bildirilishicha, ushbu rezolyutsiyani maʼqullab 149 ta davlat ovoz bergan, 12 ta davlat ushbu loyihaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan, 19 ta davlat esa betaraf qolgan. Maʼlumotlarga koʻra, AQSH, Vengriya, Fuji hamda Argentina mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan.
Qabul qilingan rezolyutsiya zudlik bilan, soʻzsiz va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishni, shuningdek, Isroil barcha chegara oʻtish joylarini zudlik bilan ochishi va yordamning Gʻazo sektori boʻylab falastinlik tinch aholiga toʻsiqsiz va yetarli hajmda yuborishini taʼminlashni oʻz ichiga oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring