Biz islohotlarimizning birinchi kunidan boshlab taʼlim va inson kapitalini rivojlantirishga alohida eʼtibor berib kelmoqdamiz — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Biz islohotlarimizning birinchi kunidan boshlab taʼlim va inson kapitalini rivojlantirishga alohida eʼtibor berib kelmoqdamiz.
Soʻnggi 5 yilda mamlakatimizda 21 mingdan ortiq yangi maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etilib, ushbu maskanlarda tarbiya olayotgan bolalarimiz qamrovi avvalgi 27 foizdan 67 foizga koʻtarildi.
Bundan tashqari, 200 ga yaqin yangi maktablar barpo etildi, 3 mingdan ortiq mavjud maktablar esa rekonstruksiya qilindi va toʻliq jihozlandi.
Shu oʻtgan qisqa davrda 82 ta yangi universitet va institut, jumladan, 23 ta xorijiy oliygoh tashkil etilib, oliy taʼlim dargohlarining umumiy soni 159 taga yetdi.
Natijada, maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oldingi 9 foizdan 28 foizgacha yetkazishga erishildi va bu yoʻnalishdagi ishlarimiz davom ettirilmoqda.
Barcha sohalarda boʻlgani kabi sogʻliqni saqlash tizimida ham muhim islohotlar izchil olib borilmoqda».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring