“Biz bu musobaqani yaxshi koʻramiz” — Ravshan Haydarov
Bugun, 6-yanvar kuni Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi U-23 Osiyo chempionati start oladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi turnirdagi ishtirokini 7-yanvar sanasidan boshlaydi.
U-23 Osiyo chempionati oldidan “C” guruhida ishtirok etuvchi jamoalar bosh murabbiylari va yetakchi futbolchilari bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu marosimda Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan bosh murabbiy Ravshan Haydarov va yarim himoyachi Saydumarhon Saydnurullayev ishtirok etdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy saytida maʼlumot berildi.
Ravshan Haydarov fikrlari
“Assalomu alaykum. Avvalo, shu musobaqada ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Tashkiliy tomondan hammasi ajoyib, OFK hamda mahalliy tashkiliy qoʻmitaga minnatdorchilik aytaman, barcha jamoalarga omad tilayman.
Biz bu musobaqani yaxshi koʻramiz va hurmat qilamiz. Bu turnirda reytingimiz baland, hamisha yuqori natijalar qayd etib kelamiz. Oʻylaymanki, bu galgi musobaqada ham munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishamiz.“
Saydumarhon Saydnurullayev fikrlari
“Tayyorgarlik yaxshi boʻldi. Biz dastlab Toshkentda, soʻng Qatarda yigʻin oʻtkazdik. Adaptatsiya yetarli boʻldi. Asosiy maqsadimiz — musobaqada munosib qatnashib, yuqori natija qayd etish.
Ichki muhit ajoyib, hamma yaxshi kayfiyatda. Oldimizda qanday turnir turganini bilamiz, jamoamiz musobaqaga 100 foiz tayyor.“
Guruhdagi raqiblar haqida
Jurnalistlar savoliga javoban, Ravshan Haydarov shunday dedi:
“Albatta, guruhimizda kuchli jamoalar toʻplangan. Ularning tajribalari va imkoniyatlarini bilamiz. Yosh tarkib bilan ishtirok etayotganimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman. Futbolchilar bilan suhbatda bu turnir ularga koʻprik vazifasini oʻtaydi, degan fikrni bildirdim.“
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi oʻyinlari
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini 7-yanvar kuni Livan terma jamoasiga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring