“Bir necha davlat tuhfasiga teng xazina”
Ashtarxoniylar sulolasidan boʻlgan Abdulaziz Muhammadxon (1645 – 1681) oʻz huzuriga Hoji Yodgorni chorlab, Hofiz Sheroziy devonini chiroyli husnixatda koʻchirishni amr qiladi.
Hoji Yodgor devonni koʻchirish uchun oz emas, koʻp emas, yetti yil vaqt sarflaydi. Buyurtma risoladagidek ado etiladi.
Bu orada Buxoro xoni Eron davlatiga elchilarini joʻnatish taraddudiga tushadi. Shu davlat hukmdori Sulaymon Safiyga atalgan qimmatbaho sovgʻalar qatorida Hoji Yodgor tomonidan koʻchirilgan Hofiz Sheroziy devoni ham bor edi.
Karvon uzoq yoʻl bosib, manzilga yetadi. Elchilarga hurmat – ehtirom koʻrsatiladi.
— Eron shohi devonni qoʻliga olar ekan, xattotlik sanʼatining yuksak namunasi boʻlgan bu kitobga “Bir necha mamlakat tuhfasiga teng xazina”, deb baho beradi, — deydi Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi mudarrisi, manbashunos Abdulgʻafur Razzoqov. — Ha, qadimda ajdodlarimiz ana shunday bebaho maʼnaviy xazinalarning ijodkori sifatida obroʻ-eʼtibor topishgan.
Hoji Yodgorga kelsak, u Buxoro xattotlik maktabining tengsiz vakillaridan sanaladi. Manbalarda aytilishicha, Hoji Yodgor ustozi Mirhusayn Kashmiriydan xattotlik sanʼati sirlarini oʻrgangan.Mahoratiga tan berib, uni “Ikkinchi Mirali” deb atashgan ekan.Gap shundaki, ushbu maktabga tamal toshi qoʻyib, el – yurt orasida dong taratgan ajdodlarimizdan biri Mirali Hiraviy ( vafoti 1557-yil) edi.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring