Biologik qoʻshimchalar reklamasi tufayli “Telegram” kanal admini javobgarlikka tortildi

Illyustrativ foto
Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Stop Diabet” biologik faol qoʻshimchasini yolgʻon reklama qilgan “Telegram” kanal adminiga nisbatan maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi.
Kanaldagi eʼlonlarda qoʻshimcha qon glyukoza darajasini normallashtirishi va diabet asoratlaridan xalos boʻlishga yordam berishi toʻgʻrisida aytilgan. Lekin bu maʼlumotlar haqiqatdan yiroq.
Qoʻmita soʻrovi boʻyicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bergan xulosaga asosan, “Stop Diabet” BFQ mahsulotining qoʻllash yoʻriqnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarda qayd etilgan xususiyatlari bilan mos emasligi maʼlum qilingan.
Qoʻmitaning Samarqand viloyati boshqarmasi Telegram kanal maʼmuriga nisbatan ish materiallarini sudga yubordi.
Regulyator reklama qonun talablariga mos kelishi kerakligi hamda shifobaxsh xususiyatlarga ega va dori oʻrnini bosa oladi degan taassurot uygʻotish noqonuniy boʻlishini eslatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring