Bilimli insonlar har sohada oʻz oʻrnini topadi — Zulfiya Moʻminova
“Maʼrifat” targʻibotchilarining Navoiyga safari davom etmoqda. Ular “Yoshlar oyligi” doirasida viloyat boʻylab turli maʼrifiy tadbirlar tashkil etishmoqda.
Xususan, Gʻozgʻon shahrida joylashgan 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maʼrifat soati” boʻlib oʻtdi. Unda taniqli shoira Zulfiya Moʻminova shahar haqida iliq fikrlar bildirdi.
“Yurtimizda shaharlar koʻp. Lekin Gʻozgʻon oʻzining marmardek goʻzalligi bilan ajralib turadi.Bu shaharga kelgan kishi borki, kinolarga tushib qolgandek tasavvur qiladi. Bu madaniyatga ham bogʻliq, menimcha. Sababi shaharda kam taʼminlangan oila yoʻq ekan. Xorijga ishlash uchun ketganlar ham yoʻq. Bu xalqning bilimli, maʼrifatli ekanligidan ham dalolat.
Zero, bilimli insonlar har sohada oʻz oʻrnini topadi, atrofdagilarga namuna boʻladi. Xuddi Gʻozgʻon boshqa shaharlarga namuna boʻlayotganidek”, dedi shoira.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring