“Besh tashabbus olimpiadasi” ishtirokchilari sezilarli darajada koʻpaydi

Sirdaryo viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarda ishtirok etishni istaganlar yil sayin koʻpayib bormoqda. Joriy yilda mazkur bellashuvlarda qatnashish uchun jami 286 891 nafar yosh onlayn platforma orqali roʻyxatdan oʻtgani ham shundan dalolat beradi.
— Bugungi kunga qadar “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman-shaharlar bosqichi, “Zakovat” intellektual oʻyinlari, “Yosh musavvirlar” va “Mohir fortepianochi” tanlovlarining viloyat bosqichlari oʻtkazildi, — deydi Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi masʼul xodimi Shuhratjon Hasanov. — Maʼlumki, hozirgacha sportning bir qancha turlari boʻyicha musobaqalar va “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika final bosqichi yakunlandi. Viloyatimiz yoshlari shu bugunga qadar oʻtgan tanlov va musobaqalarning respublika bosqichida munosib ishtirok etib, jami 33 ta — 8 ta oltin, 12 ta kumush va 13 ta bronza medallarni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, joriy yilda “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida Boyovut tumanidagi Sarmich mahallasida yashovchi Shahnozabonu Murodova 15-19 yosh toifasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Yangiyer shahrining Jomiy nomli mahallasi futbol jamoasi esa “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasining respublika bosqichida gʻalaba qozonib, 1-oʻrin sohibi boʻldi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring