Benyamin Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qoʻymoqda — Rejep Tayyip Erdogʻan

16:46 05 Dekabr 2023 Dunyo
255 0

Foto: РИА «Новости»

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qoʻymoqda. Ushbu fikrlarni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan aytib oʻtdi.

“Biz Qatarning Gʻazodagi qisqa gumanitar tanaffus va mahbuslar almashinuvi jarayoniga qoʻshgan hissasini qoʻllab-quvvatlaymiz. Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun mintaqa kelajagini xavf ostiga qoʻymoqda. 17 ming falastinlikning oʻlimi urush jinoyatidir. Bizning ustuvor vazifamiz zudlik bilan doimiy sulh eʼlon qilishdir”, dedi Erdogʻan seshanba kuni Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi sammitida soʻzlagan nutqida.

Isroil va Gʻazo sektorida hukmronlik qilayotgan Falastinning HAMAS harakati Qatar vositachiligida 22 noyabr kuni mojaro avj olganidan beri birinchi keng koʻlamli kelishuvga erishdi. Tomonlar oʻzaro harbiy harakatlarni toʻrt kunga toʻxtatishga kelishib oldilar. Oʻnlab garovga olinganlar va mahbuslar bir-birlari almashildi. Toʻrt kunlik sulh 24-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07.00 da boshlandi, keyin u ikki marta, avvaliga ikki, keyin yana bir kunga uzaytirildi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 7 oktyabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan keskin yomonlashdi. HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

Isroilda, rasmiylarning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, HAMAS hujumlari oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolari va ishchilarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan.

Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida Isroil harbiylari Gʻazo bilan chegaraga yaqin boʻlgan barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havodan zarbalar berishni boshladi. Shuningdek, Isroil Gʻazo sektorini toʻliq blokadaga olganini eʼlon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatildi.

Oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi. Gʻazo shahri Isroilning quruqlikdagi kuchlari tomonidan oʻrab olingan va anklav amalda janubiy va shimoliy qismlarga boʻlingan.

Isroil hujumlari boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni 16 mingdan oshdi, 35 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. HAMAS Gʻazo sektorida 200-250 nafarga yaqin odamni garovda ushlab turgani daʼvo qilindi. Sulh tugaganidan keyin Isroil hukumati 126 nafar isroillik va 11 nafar xorijlik HAMAS qoʻlida qolayotganini, garovga olinganlarning 110 nafari esa qoʻyib yuborilganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?