Benilyuks mamlakatlariga oʻzbek gilosining dastlabki sinov partiyasi yetib bordi
Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi Elchixonasi koʻmagida joriy yilning iyun oyi oʻrtalarida “Top Cherry” (Fargʻona viloyati) korxonasi va “Sonneg” (Lyuksemburg) kompaniyasi bilan hamkorligida oʻzbek giloslarini sinov tariqasida yetkazib berish tashkil etildi. Bu haqda yurtimiz diplomatik vakolatxonasi maʼlum qildi.
Respublikada mavsum yakuniga yetgani hamda Belgiya va Niderlandiyada gilos terimi boshlangani sabab, Benilyuks mamlakatlaridagi qator kompaniyalar 2021-yilda ushbu mevani xarid qilishni tashkil etishga qiziqish bildirgan.
Taʼkidlash lozimki, mahsulot namunalari potensial xaridorlarga, jumladan, Lyuksemburgdagi zanjirli doʻkonlar, Yevropa meva-sabzavot markazi aʼzolari va Niderlandiyadagi sotib oluvchi kompaniyalarga tarqatildi.
“Exofi” (Belgiya) kompaniyasi egasi Xose Kampos bilan uchrashuv chogʻida, agar raqobatbardosh narx taqdim etilsa, oʻzbek gilosini sotib olishga tayyorligini bildirdi. Oʻrik, shaftoli, uzum, qovun va boshqa mahsulotlar eksportini oʻrganish boʻyicha ham kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring