“Barselona” Joau Kanselu bilan shartnoma imzoladi
Ispaniyaning “Barselona” klubi qishki transferlar oynasidagi dastlabki xaridini amalga oshirdi. Jamoa “Al-Hilol” klubi himoyachisi Joau Kanselu bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Insayderning yozishicha, Kataloniya klubi futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi. 6 oylik ijara shartnomasi uchun “Al-Hilol” klubiga 4 million yevro toʻlanadi.
Maʼlumot uchun, Joau Kanselu “Barselona”ning sobiq futbolchisi hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi 2023/2024-yillarda ham ushbu jamoada toʻp surgan. Klub safida 42 oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritishga ham erishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring