“Barselona” oʻz maydonida “Valensiya”ni ayab oʻtirmadi

Kecha, 14-sentyabr kuni Ispaniya La ligasi musobaqasining 4-turi doirasida “Barselona” klubi oʻz maydonida “Valensiya”ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 6:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda kiritilgan gollarga Robert Levandovskiy (2 ta), Fermin Lopes (2 ta) va Rafinya (2 ta) mualliflik qildi. Lamin Yamal jarohati tufayli maydonga tushmadi.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali Fermin Lopesning harakatlarini 9,5 ballga baholadi. Bu joriy mavsum “Barselona” futbolchilariga qoʻyilgan eng yuqori baho boʻldi.
Shuningdek, zaxiradan oʻyinga qoʻshilib, 2 tadan gol kiritgan futbolchilar Robert Levandovskiy va Rafinyaning harakatlari 8,8 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Barselona” keyingi oʻyinini 19-sentyabr kuni oʻtkazadi. Oʻsha kuni Xans Flik boshchiligidagi jamoa UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Nyukasl” mehmoni boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring