Barcha maktablarda Prezident maktablarining baholash tizimi joriy etiladi

13:12 01 Yanvar 2026 Jamiyat
581 0

Barcha maktablarda Prezident maktablarining baholash tizimi joriy etiladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatning 2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi “regulation.adliya.uz” portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Unga koʻra maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash maqsadida 2030-yilgacha:

  • bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish;
  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 100 foiz toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼminlash;
  • bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan 100 foiz qamrab olish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, muhokama uchun eʼlon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2030-yilgacha:

  • 1 000 ta nomdagi yangi avlod darslik majmualarini (darslik, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qoʻllanmalar) chop etish;
  • Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;
  • Taʼlim tashkilotlariga har yili 600 nafar “til egalari” boʻlgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
  • Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushini 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?