Barcha hududlardagi metan “zapravka”larda cheklangan ish vaqtlari belgilandi
Illyustrativ foto
Kecha, 11-dekabr kuni qoʻshni davlatdagi gaz tarmogʻida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani, shu bois AGTKSH faoliyatiga cheklov kiritilishi haqida xabar berilgan edi. “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy filiallari hududlardagi metan “zapravka”lardagi cheklangan ish vaqtlarini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan qaror asosida kiritilgan.
• Toshkent shahridagi 78 ta metan “zapravka” ishi soat 6:00 dan 23:00 gacha;
• Qoraqalpogʻistondagi 124 ta metan “zapravka” ishi soat 6:00 dan 18:00 gacha;
• Andijon viloyatidagi 143 ta metan “zapravka” ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;
• Buxoro viloyatidagi 95 ta metan “zapravka” ishi soat 6:00 dan 19:00 gacha;
• Jizzax viloyatidagi 50 ta metan “zapravka” ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;
• Navoiy viloyatidagi 51 ta metan “zapravka” ishi soat 6:00 dan 19:00 gacha;
• Namangan viloyatidagi 134 ta metan “zapravka” ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;
• Sirdaryo viloyatidagi 53 ta metan “zapravka” ishi soat 6:00 dan 18:00 gacha;
• Surxondaryo viloyatidagi 106 ta metan “zapravka” ishi soat 6:00 dan 17:00 gacha;
• Samarqand viloyatidagi 135 ta metan “zapravka” ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;
• Toshkent shahridagi 78 ta metan “zapravka” ishi soat 6:00 dan 23:00 gacha;
• Toshkent viloyatidagi 117 ta metan “zapravka” ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;
• Fargʻona viloyatidagi 173 ta metan “zapravka” ishi soat 6:00 dan 18:00 gacha;
• Xorazm viloyatidagi 94 ta metan “zapravka” ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha;
• Qashqadaryo viloyatidagi 116 ta metan “zapravka” ishi soat 5:00 dan 17:00 gacha.
“Hududgaztaʼminot” bu choralar vaqtincha ekanini, gaz bosimini meʼyorga keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi. Cheklovlar qachon olib tashlanishi haqida xabar berilmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring