Netanyahu AQSHdan Eronning raketa dasturini toʻxtatishni talab qilmoqchi
Binyamin Netanyahu AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Vashington Tehrondan raketa dasturini rivojlantirishni va Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishni talab qilishiga erishmoqchi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Nashr taʼkidlashicha, Isroil uranni boyitishni toʻxtatish va mavjud zaxiralarni Eron hududidan tashqariga olib chiqishni ham talab qilmoqda.
WP maʼlumotiga koʻra, AQSH davlat kotibi Marko Rubio va maʼmuriyatning boshqa vakillari mazkur talablar Vashingtonning muzokara pozitsiyasiga kiritilganini bir necha bor bildirgan.
Avvalroq Eron rasmiylari mamlakat yadroviy qurol yaratish niyatida emasligini, shuningdek, tashqi siyosiy imkoniyatlari yoki mudofaa salohiyatini cheklash masalalari boʻyicha muzokara olib bormasligini taʼkidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring