“Baxtsiz kuyov” badiiy filmi 19 – Musulmon kinosi xalqaro festivalining “Kinodagi gumanizm uchun” nominatsiyasida gʻolib boʻldi
Husnora Roʻzmatova tomonidan suratga olingan “Baxtsiz kuyov” badiiy filmi Rossiyaning Qozon shahrida oʻtkazilgan xalqaro festivalning “Kinodagi gumanizm uchun” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Joriy yilning 5-9-sentyabr kunlari Qozon shahrida 19 – Musulmon kinosi xalqaro festivali boʻlib oʻtdi.
Festival gʻoliblarini taqdirlash marosimida Tatariston Vazirlar Mahkamasi, Rossiya Muftiylar kengashi va Musulmonlari diniy boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Xalqaro festival doirasida musulmon dunyosining 44 davlati kino ustalari tomonidan suratga olingan 700 dan ortiq filmlar koʻrib chiqildi. Yakunda tanlov dasturiga 20 ta film kiritildi va ular Gran-pri uchun kurash olib bordi.
Eng yaxshi kinoasarlar qatorida oʻzbekistonlik taniqli rejissyor Husnora Roʻzmatovaning “Baxtsiz kuyov” badiiy filmi ham tanlovda namoyish etildi. Yakunda oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan ushbu kartina “Kinodagi gumanizm uchun” nominatsiyasida gʻolib deb eʼlon qilindi.
Film rejissyori Husnora Roʻzmatova tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Tadbir soʻnggida 20 – Musulmon kinosi xalqaro festivali 2024-yilning 7-9-sentyabr kunlari oʻtkazilishi maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring