“Bahor malikasi — 2025” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

15:14 14 Mart 2025 Jamiyat
124 0

Nukus shahridagi Prezident maktabida “Bahor malikasi — 2025” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablar o‘quvchi qizlari ishtirok etib, bilimdonlik, ijodkorlik va sahna madaniyati kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘ringa Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Roksana Turdiboyeva, 2-o‘ringa Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Ruxsora Safarbayeva, 3-o‘ringa Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Gulnur Abdullayeva munosib deb topildi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?