Aziz Abduhakimov Yaponiya bilan turizm, sport va taʼlim sohalarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaga tashrifi doirasida Sukuba universiteti prezidenti Nagata Kyosuke bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar 2019-yildagi yuqori darajali uchrashuvning turizm, sport va taʼlim sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining faollashuviga samarali taʼsirini qayd etishdi. Ikki tomondan ham hamkor oliy taʼlim muassasalari doirasini kengaytirish, oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish, yirik ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishildi.
Muzokaralar davomida diyorimizda biotexnologiya, tibbiyot va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida Oʻzbekiston — Yaponiya OTMlarining ochilishiga oid masalalar muhokama etildi. Loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda keyinchalik tomonlarning qiziqish va talablarini inobatga olgan holda taʼlimning boshqa yoʻnalishlarini ham qamrab olish rejalashtirilmoqda.
Aziz Abduhakimov davlat rahbarining qoʻllab-quvvatlashi yordamida Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimi takomillashib borayotgani, yurtimizda xorijiy OTMlar filiallari ochilishi natijasida oliy taʼlim muassasalari soni soʻnggi yillarda deyarli ikki barobarga oshganini taʼkidladi. Shu bilan birga, yaqindagina boʻlib oʻtgan uchrashuvda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) prezidenti ham Oʻzbekiston tomonning mamlakatimizda OTM ochish taklifiga ijobiy munosabat bildirgani qoʻshimcha qilindi.
Sukuba universiteti rahbariyati shuningdek Samarqanddagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti bilan hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qildi, tomonlar akademik almashinuv, qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish hamda oʻzaro adabiyotlar almashishni rejalashtirishmoqda.
Bundan tashqari, Sukuba universitetida sport va olimpik tadqiqotlar magistrlik dasturi mavjudligini hisobga olib, Universitetning Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan yoʻnalishlari “Paralimpiya taʼlimi”, “Sport menejmenti”, “Taʼlim, murabbiylik va yapon madaniyati” yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, uchrashuv doirasida oʻzbekistonlik talabalarning Sukuba universiteti grant dasturlarida ishtirok etish masalasi muhokama qilindi. K.Nagata Yaponiya oliy taʼlim muassasasi oʻzbekistonlik magistrantlarga «Yaponiya va Yevroosiyo tadqiqotlari maxsus dasturi»da qatnashish imkonini taqdim etishini taʼkidladi.
K.Nagata shuningdek Aziz Abduhakimovning Oʻzbekiston Prezidenti saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish taklifini katta qiziqish bilan qabul qildi. U ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasi hamda bu yilgi saylovlar ahamiyatini inobatga olgan holda ularda ishtirok etish uchun barcha choralarni koʻrishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring