Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga doir ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi
Muloqot majlisi doirasida tashkil etilgan ikkinchi sessiyada “Markaziy Osiyoda ayollar tadbirkorligi – iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy barqarorlik manbai” mavzusida qator masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtisodiy mustaqilligi va biznesdagi imkoniyatlarini kengaytirish, mintaqada tadbirkor ayollar oʻrtasida hamkorlik loyihalarini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, ayollar tadbirkorligi nafaqat kichik va oʻrta biznesni rivojlantiradi, balki ish oʻrinlari yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, mahalliy iqtisodiyot barqarorligini mustahkamlashda ham muhim oʻrin tutadi.
Shuningdek, maʼruzalarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qonuniy va institutsional mexanizmlarni mustahkamlash, moliyaviy resurslarga yetishishdagi toʻsiqlarni kamaytirish, biznesni raqamli iqtisodiyot va eksport bozorlariga integratsiya qilish, mintaqaviy qoʻshma startaplar va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda gender stereotiplar va ijtimoiy toʻsiqlarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Sessiya yakunida ayollar tadbirkorligi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish, oʻquv dasturlari, biznes-kouching, grantlar, eksport qoʻllab-quvvatlovi kabi amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish boʻyicha qator amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring