Ayollar klublari oʻrtasida Osiyo chempionlar ligasi turnirining 2-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi
Birinchi turda amaldagi chempion bilan durang oʻynagan “Nasaf” klubi bu gal magʻlubiyatga uchradi.
Bugun, 20-noyabr kuni Ayollar klublari oʻrtasida Osiyo chempionlar ligasi turnirining 2-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi bahsda Qarshining “Nasaf” klubi Eronning “Bam Xotun” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda 1:0 hisobiga Eron chempioni gʻalaba qozondi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 14-daqiqada Sara Didar mualliflik qildi.
Tur doirasida oʻtkazilgan ikkinchi oʻyinda esa “Vuxan Jiangda” klubi Hindistonning “Ist Bengal” jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va 4 ochko jamgʻargan holda guruhda yaqqol karvonboshiga aylandi.
Maʼlumot uchun, musobaqaning 3-tur oʻyinlari 23-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring