Ayol MIB xodimini urdi, keyin esa... (video)

8-may kuni Yunusobod tumanida Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman boʻlimi ish yurituvidagi fuqaroni uydan koʻchirish haqidagi sud qarorining ijrosi jarayonida davlat ijrochisiga nisbatan qoʻl koʻtarilgan.
Tegishli uy eshigi xolislar va undiruvchining vakili tomonidan ochilib, xatlov oʻtkazilganda, xonadonga ijro harakatlariga aloqasi boʻlmagan Z. D. kirib keladi. U toʻgʻri kelib, uy xonalaridan biriga kirib, tumbochkadan oq rangli polietilen paketdagi narsani olib chiqib ketishga harakat qilgan.
Davlat ijrochilari undan kimligi va nima maqsadda uyga kelganligi soʻralgan vaqtida u qoʻlidagi paketda pul borligi, ular oʻziga tegishli ekanini bildiradi.
Davlat ijrochilar tomonidan Z.D. toʻxtatilib, qoʻlidagi paket xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan vaqtida, unda 5.600.000 soʻm miqdorida pul, 952 AQSH dollari, 20 Tojikiston somoniysi, 10 Yevro, 2 singapur dollari, fuqaro J. F. nomiga berilgan “VIZA” kartasi borligi aniqlandi.
Davlat ijrochilari tomonidan ushbu pul mablagʻlarni olib ketishga asos yoʻqligini tushuntirib, pul mablagʻlarini topshirishni maʼlum qilgan.
Shundan soʻng, Z.T. va uning turmush oʻrtogʻi davlat ijrochilariga sud qarorini bajarishda qarshilik koʻrsatib, ularning qonuniy talablariga boʻysunmasdan nizoli pul mablagʻlarini olib chiqib ketishga harakat qilib, davlat ijrochilariga qarshilik koʻrsatish jarayonida davlat ijrochisi B.M.Eshonqulovni yuziga shapaloq tortadi. Soʻng goʻyoki yuziga davlat ijrochisi urgani haqida ayblab, ochiqdan ochiq tuhmat qilishga oʻtadi...
Mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar Yunusobod tuman IIB tomonidan rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring