Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Paralimpiya oʻyinlarining yengil atletika boʻyicha ayollar musobaqasi davom etmoqda. T 11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yoʻnalishda Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi.
Asila 2023-yilda Fransiyaning Parij shahrida para yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, Mirzayorova “Tokio-2020” yozgi Paralimpiya oʻyinlari kumush medal sohibi hisoblanadi.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, Asila Ubaydulla qizi Mirzayorova 1999-yil 3-iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan. Asila uzunlikka sakrash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Avvalroq, oʻzbekistonlik paralimpiadachilar musobaqanining birinchi kunini 2 ta medal bilan boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring