AQSHda ikkita samolyot toʻqnashib ketdi. Qurbonlar bor

16:37 01 Sentyabr 2025 Dunyo
1013 0

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

AQSHning Kolorado shtatida ikki samolyotning toʻqnashib ketishi oqibatida bir kishi halok boʻldi.

Fojia laynerlar Kolorado aeroportiga yaqinlashayotganda yuz bergan. Bu haqda “New York Post” gazetasi AQSH Federal aviatsiya maʼmuriyatiga tayanib xabar tarqatdi.

“Ikki kichik samolyot havoda toʻqnashib ketishi oqibatida bir kishi halok boʻldi, yana uch yoʻlovchi jarohat oldi”, – deyiladi nashr xabarida.

AQSH Federal aviatsiya maʼmuriyati maʼlumotlariga koʻra, hodisa yakshanba kuni sodir boʻlgan va bunga ikkala samolyot – “Cessna 172” va “Extra EA-300”larning uchuvchilari bir vaqtning oʻzida Fort Morgan aeroportidagi uchish-qoʻnish yoʻlagiga qoʻnishga urinishlari sabab boʻlgan. Morgan okrugi sherif boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, toʻqnashuvdan soʻng samolyotlardan biri yonib ketgan. Shifokorlar yetib kelguniga qadar halokat guvohlari jabrlanganlarga yordam berishga shoshilishgan va hatto olovni oʻzlari oʻchirishga harakat qilishgan.

AQSH Federal aviatsiya maʼmuriyati va Milliy transport xavfsizligi kengashi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?