AQSH Yaqin Sharqdagi mojaroni kuchaytirayotganlikda ayblandi
Foto: AP
Livan AQSHni Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatish uchun Isroilni jilovlashga chaqirdi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Falastin — Isroil mojarosi atrofidagi vaziyatning yomonlashishiga hissa qoʻshmoqda, deydi Livan progressiv sotsialistik partiyasining sobiq raisi Valid Jumblat.
Uning “Politico“ nashriga bergan intervyusida taʼkidlanishicha, AQSH siyosati Yaqin Sharqdagi falokatni faqat tezlashtirmoqda.
“Siz global holatni koʻrishingiz kerak. Lekin amerikaliklar buni koʻrmayaptilar, ular faqat kuchaymoqda, oʻzlarining ritorikasini targʻib qilmoqdalar va u yerga samolyot tashuvchilarni yubormoqdalar. Nega mintaqaga ikkita yirik samolyot tashuvchi kema joʻnatilishi kerak? Tinch maqsad uchunmi? Tinchlikni saqlash uchunmi yoki nima?» deydi Valid Jumblat.
Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSH siyosati Isroilni, jumladan, mintaqaning shimoliy qismini anneksiya qilishni maqsad qilgan Gʻazo sektoridagi quruqlikdagi operatsiya rejalarini ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Shu oʻrinda Valid Jumbulat Isroilning ehtimoliy bosqiniga Eron va Livandagi “Hizbulloh” guruhi javob berishi mumkinligini taʼkidladi.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va Isroil hududiga havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga olgan. Shu fonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi.
Isroil mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi. Isroil havo kuchlari Gʻazo sektoriga yuzlab zarbalar berdi. Ushbu hududga suv, oziq-ovqat, elektr va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring