AQSH hukumati Ukrainadagi urushni toʻxtatish boʻyicha yangi reja ishlab chiqmoqda
AQSH prezidenti maʼmuriyati Yevropa ittifoqchilari va Kiyev bilan Ukrainadagi urushni barqaror hal etish boʻyicha yangi rejani muhokama qila boshladi. Reja Amerika tomonidan ishlab chiqilmoqda va Rossiya bilan olib borilayotgan maslahatlashuvlar bilan uygʻunlikda amalga oshirilyapti. Bu haqda “Axios” xabar qildi.
Nomi oshkor etilmagan amerikalik amaldorning aytishicha, Vashington Yevropa davlatlari va Kiyevning ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashini taʼminlash imkoniyatiga ishonmoqda.
“Biz bu reja uchun ayni vaqt maqbul deb hisoblaymiz. Ikki tomon ham amaliy va real yondashuv namoyon etishi kerak”, — degan amaldor.
Maʼlum qilinishicha, AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ushbu masalada Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan maslahatlar oʻtkazmoqda.
Reja toʻrt asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga oladi: Ukrainada tinchlikka erishish, xavfsizlik kafolatlari, Yevropada xavfsizlikni taʼminlash hamda AQSHning Rossiya va Ukraina bilan kelgusidagi munosabatlari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring