AQSH ham Ukraina kelishuvidagi hududiy masalalar boʻyicha murosaga tayyor boʻlishi kerak — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qoʻshma Shtatlar ham Ukraina boʻyicha kelishuvda hududiy masalalar yuzasidan murosaga tayyor boʻlishi zarurligini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina oʻz hududiy yaxlitligi borasida qatʼiy pozitsiyaga ega va bu pozitsiya oʻzgarmas hisoblanadi.
“Ukrainaning hududiy yaxlitligi boʻyicha hurmat qilinishi kerak boʻlgan pozitsiyamiz oʻzgarmaydi. Amerikaliklar murosaga kelishga harakat qilmoqda. Biz uch tomonlama formatda muloqot qilishga kelishib oldik. Bu murosaga kelish yoʻlidagi ilk qadamdir. Ammo barcha tomonlar, xususan, Amerika tomoni ham murosaga tayyor boʻlishi kerak”, — degan Zelenskiy.
Shuningdek u, Abu-Dabida oʻtgan uch tomonlama muzokaralar boshida juda koʻp muammoli masalalar boʻlgani, ammo hozirda ularning soni kamayganini ham alohida taʼkidlagan.
Bundan tashqari, Ukraina rahbari Kiyev va Vashington oʻrtasida xavfsizlik kafolatlari boʻyicha ikki tomonlama kelishuv loyihasi tayyor ekanini yana bir bor tasdiqlagan.
“Biz hamkorlarimizdan ushbu hujjat imzolanadigan sana va joyni tasdiqlashlarini kutmoqdamiz. Keyin ushbu hujjat AQSH Kongressi va Oliy Radada ratifikatsiya qilinishi kerak”, — deydi Vladimir Zelenskiy.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring