AQSH Yevropa Ittifoqidan ayrim tovarlarga bojlarni olib tashlaydi

Illyustrativ foto
Amerika Qoʻshma Shtatlari 1-sentyabrdan boshlab Yevropa Ittifoqining ayrim tabiiy resurslari, samolyotlari va umumiy farmatsevtika mahsulotlariga 15 foizlik bojlarni olib tashlaydi.Bu haqda Yevropa Ittifoqi va Oq uyning qoʻshma bayonotida maʼlum qilindi.
Shu yilning 28-iyul kuni AQSH va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida savdo bitimi imzolangan boʻlib, unga koʻra Bryussel AQSHning 750 milliard dollarlik energiya resurslarini sotib olish, shuningdek, Yevropadan AQSHga sarmoyani 600 milliard dollarga oshirish va Amerika qurollarini sotib olish majburiyatini olgandi. Buning evaziga Vashington Yevropa tovarlari uchun bojlarni ikki baravar — 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirishga vaʼda berdi.
Joriy yilning 29-iyul kuni “Politico” nashri Tramp Yevropa Ittifoqiga savdo bitimini tuzish uchun bosim oʻtkazgani haqida xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, AQSH rahbari yevropaliklarga “jiddiy xavf ostida” ekanliklari haqida ogohlantirilgan xat yoʻllagan. Shundan soʻng Yevropa Ittifoqi muzokaralar stoliga oʻtirib, AQSH bilan bitim tuzishga rozi boʻlgan.
Bir qator ekspertlar Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi savdo bitimi Yevropa sanoati uchun “iqtisodiy falokat” tahdid soladi, degan xulosaga kelishdi. Qayd etilishicha, qisqa muddatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari eksport hajmining pasayishiga, uzoq muddatda esa investitsiyalarning chiqib ketishiga va sanoatga bosimga duch keladi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu kelishuv yutuq emas, balki Yevropa zaifligining yaqqol belgisidir. Yevrokomissiya kuchli bosim ostida taslim boʻlgan.
Fransiya sotsialistik partiyasi bosh kotibi Pyer Juvyening aytishicha, Yevropa uchun bu boʻysunish kelishuvi.
Sotsialistik partiya yetakchisi va birinchi kotibi Olivye For esa bu kelishuvni “sharmandalik” deb atagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring