AQSH Eron futbol federatsiyasi rahbariga viza bermadi
Eron futbol federatsiyasi rahbari Mexdi Tojga Amerika Qoʻshma Shtatlariga kirish uchun viza berilmadi. Bu haqda Eronning “Total Fut” portali xabar tarqatdi.
5-dekabr kuni kelgusi yili Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi. Ushbu marosimda Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan mamlakatlarning futbol rahbarlari, bosh murabbiylari va faxriy futbolchilari ishtirok etishi koʻzda tutilgan edi. Ammo, Eron futbol federatsiyasi rahbari ushbu marosimda qatnashmaydigan boʻldi.
“Eron futbol federatsiyasi rahbari Mexdi Tojga Amerika viza bermadi. Eron delegatsiyasidan qurʼa tashlash marosimida terma jamoa bosh murabbiyi Amir Galenoiy, xalqaro aloqalar mutaxassisi Umid Jaloli va ijrochi direktor Maxdi Xorati ishtirok etadi”, deyiladi manba xabarda.
Oldinroq, fors matbuotida eronlik muxlislarning Amerikaga kirishi bilan bogʻliq muammo boʻlishi haqida maʼlumotlar paydo boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring