AQSH BMT Xavfsizlik Kengashining Gʻazo boʻyicha rezolyutsiyasiga yana veto qoʻydi
AQSH BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan taqdim etilgan, garovdagilarni ozod qilish va Gʻazoda darhol oʻt ochishni toʻxtatishni koʻzda tutuvchi rezolyutsiya loyihasiga yana veto qoʻydi. Bu haqda tashkilot saytida maʼlum qilindi.
Hujjatda, shuningdek, Isroilning gumanitar yordamga qoʻygan cheklovlarini bekor qilish, yordamni barcha muhtojlarga xavfsiz va toʻsqinliksiz yetkazishni taʼminlash talabi ham ilgari surilgan edi.
The Washington Postʼning yozishicha, AQSHdan tashqari Xavfsizlik Kengashining barcha aʼzolari rezolyutsiya qabul qilinishini qoʻllab-quvvatlagan.
Eslatib oʻtamiz, Vashington bundan avval ham Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga doir BMT rezolyutsiya loyihalariga bir necha bor veto qoʻygan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring