Andijondagi korxonaga 250 million dollarlik sarmoya kiritildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xorijiy tadbirkorlarning mamlakatimizga boʻlgan eʼtiborini oshirmoqda.

— Oʻzbekistonda chet ellik investorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilganligi xitoylik tadbirkorlarda katta qiziqish uygʻotdi, — deydi Buloqboshi tumanidagi “Andijon WCC sement zavodi” MCHJ xorijiy korxonasi direktorining oʻrinbosari Jiyang Shaoping. — Natijada 250 million dollarlik sarmoya kiritishga qaror qildik. 2022-yilda zavodning qurilish ishlariga kirishilgan boʻlsa, joriy yilning may oyidan toʻliq quvvat bilan ishlay boshladi. Hozirda korxonamizda 3 xil sement xom ashyosidan tashqari bir necha turdagi qurilish mahsulotlari ham ishlab chiqarilmoqda. Zavodning ish boshlashi 350 nafar yangi ish oʻrnining yaratilishiga sabab boʻldi. Yil yakuniga qadar bu koʻrsatkich yana 200 taga ortadi.

40 gektar maydonda bunyod etilgan korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 2,5 million tonnani, eksport quvvati 10 million dollarni tashkil etadi. Hozirda mahsulotlar ichki bozorga yoʻnaltirilayotgan boʻlsada, tez orada Yevropa davlatlariga eksport qilinishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring