Andijonda tanishini pichoqlagan shaxs qamoqqa olindi
Andijon shahrida tanishini oʻtkir tigʻli jism bilan jarohatlagan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021-yilning 24-may kuni soat 19:30 larda fuqaro I.I. Andijon shahar “Bunyodkor” MFY joylashgan xonadonlarning birida oʻziga oldindan tanish boʻlgan O.A. bilan oʻzaro janjallashib, uning bel va tomoq qismiga oʻtkir tigʻli jism bilan zarba bergan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, O.A.ga chap bel sohasiga 1,5 santimetr kirgan, boʻyin dahan osti sohasida oʻtkir jism bilan kesilgan, sanchilgan jarohati; badanida qontalash va shilinmalar kabi sogʻliqni uzoq muddatga buzilishiga olib kelgan oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan I.I.ga nisbatan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «m» bandi (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchiga ayblov eʼlon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring