Andijonda sunʼiy intellekt taʼlimi yoʻlga qoʻyilmoqda
Joriy yilning 28-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro forumda “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga rasmiy ravishda start berilgan edi. Mazkur tashabbus doirasida Andijon viloyatida sunʼiy intellektni taʼlim tizimiga joriy etish, oʻqituvchilarni qayta tayyorlash hamda taʼlim muassasalarida IT savodxonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Andijon Digital City texnoparkida Andijon transport texnikumining 100 nafar oʻquvchi yoshlari dual taʼlim asosida zamonaviy IT kasblarga yoʻnaltirilib, sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi oʻquv kurslariga jalb etildi.

Tashabbusdan koʻzlangan maqsad esa, yoshlarning sunʼiy intellekt sohasidagi bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, xalqaro IT sertifikatlarini qoʻlga kiritishiga sharoit yaratish hamda raqobatbardosh IT kadrlar tayyorlashdan iborat.
Saminjon HUSANOV, ”Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring