Andijonda sunʼiy intellekt boʻyicha mintaqaviy xakaton oʻtkazildi

12:57 05 Dekabr 2025 Jamiyat
207 0

Andijonda “Tech4Region AI Hackathon” musobaqasi oʻtkazildi. Tadbirda Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlaridan 200 dan ortiq yoshlar, 40 dan ziyod jamoa ishtirok etdi. Ularning 13 tasi saralanib, finalga chiqdi.

Musobaqada jamoalar Ekologiya, Shaharsozlik, FinTech, HealthTech, Logistika va VRO yoʻnalishlari boʻyicha sunʼiy intellektdan foydalangan holda oʻz loyihalarini taqdim etdilar.

Ikki kun davomida ishtirokchilar gʻoyalarni ishlab chiqish, ularni takomillashtirish va innovatsion yechimlar taklif etish boʻyicha ish olib bordilar. Musobaqa yakunlariga koʻra, IT Park va Digital City Texnoparki yoshlarning startap va texnologik loyihalarini bundan buyon ham doimiy qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

Rustamjon ESHONOV, jurnalist.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?