Andijonda sholining yangi navi sinovdan oʻtkazilmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon tumanidagi “Ahilbek-Nodir” fermer xoʻjaligida sholining yangi navi sinovdan oʻtkazilmoqda. Xoʻsh, u qaysi jihatlari bilan ahamiyatli?
– Odatda sholi suvda oʻsadi, – deydi viloyat sholikorlar uyushmasining raisi Xushnudbek Shaxobiddinov. – Yangi nav nam tuproqli egatda parvarishlanoqda. Shu bois suv ikki, ikki yarim baravarga tejalyapti. Bir gektar maydondagi sholini yetishtirish uchun jami 1,5 mln. soʻm mablagʻ sarflanadi. Natijada bir kilo guruchning narxi 1200 soʻmga teng boʻladi. Qolaversa, hosil boshqa navdagilarga nisbatan 10 kun oldin pishadi. Ushbu usulda sholi yetishtirish xarajatni tejash, guruch tannarxini arzonlashtirish imkoni mavjud.

Bu yil andijonlik sholikorlar 12 ming 600 gektar maydondan 54 ming 287 tonna hosil olishni rejalashtirgan. Bu koʻrsatkich kelgusi yilda yanada ortadi. Takroriy ekin sifatida ekiladigan yangi navlar hisobiga hosildorlikni oshirish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring