Andijonda Prezident tashrifi arafasida archalar ekilgani, tashrifdan soʻng ekilgan daraxtlar yana olib ketilgani aytilgan videoga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Anjanda buni: “Ish bitdi, eshak suvdan oʻtdi,“ deyishadi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi, unda viloyatda Prezident tashrifi arafasida archalar ekilgani, tashrifdan soʻng esa ekilgan daraxtlar yana olib keltilgani aytilgan. Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Unga koʻra, tasvirda aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish boʻlimi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtga tasvirga tushirilgan.
Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast yetmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga koʻchirib turilgan.
«Yoʻlning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida, ekologlar tavsiyasiga koʻra, qayta oʻtqazilgan koʻchatlarning yana-da oʻsib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan.
Ayni paytda bu manzarali butalar yana oʻz joyiga qayta oʻtqazilgan», deyiladi rasmiy munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring