Andijonda maishiy gaz ballonlarida mashinalarga gaz quyib sotayotgan fuqaro aniqlandi

12:12 14 Iyul 2025 Jamiyat
174 0

Andijon viloyatida maishiy gaz ballonlarini xonadonida saqlab, gazni avtomashinalarga quyib sotilayotgan fuqaroning ishlari fosh boʻldi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, inspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Izboskan tumani “Markaz” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A. A. tomonidan oʻzining yashash xonadonida gaz ballonlarini noqonuniy tarzda, texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, fuqaro ushbu xonadonda suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlaridan avtomashinalarga quyib, pullab kelgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq joriy yilda isteʼmolchilar tomonidan 622,4 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar qilgandik. Bunda 118,8 million metr kub tabiiy gaz (294,8 mlrd soʻm) va 197,1 million kilovatt-soat elektr energiyasidan (327,5 mlrd soʻm) noqonuniy foydalanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?