Andijonda kuz-qish mavsumi uchun maxsus shtab faoliyati kuchaytirildi

10:47 11 Dekabr 2025 Jamiyat
428 0

Andijon viloyatida kuz-qish mavsumini muammosiz oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan maxsus shtab uzluksiz faoliyat yuritmoqda. Shtab tarkibiga mavsum bilan bogʻliq barcha xizmat va tashkilotlar vakillari jalb etilgan boʻlib, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor qabul qilish va ular ijrosini taʼminlash doimiy nazoratga olingan.

— Fuqarolar murojaatlari maxsus tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan joyiga chiqilgan holda oʻrganilmoqda, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali axborot xizmati rahbari Muxlisaxon Sobirova. — Aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida va sifatli hal etish uchun har bir shahar va tumanda maxsus taʼmirlash guruhlari tuzilgan. Kun-u tun faoliyat yuritayotgan ushbu guruhlar tajribali mutaxassislar hamda zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan.

Shu kunga qadar shtabga 200 ga yaqin murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning har biri belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan.

Aytish joizki, bunday muvofiqlashgan va tizimli faoliyat aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, energiya taʼminotida uzilishlarni barvaqt oldini olish hamda kuz-qish mavsumini barqaror va bexatar oʻtkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер