Andijonda IT texnikumi tashkil etildi
Foto: Saminjon Husanov / “Xalq soʻzi”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon axborot texnologiyalari texnikumi tashkil etildi. Buning uchun viloyat mahalliy budjetidan 1 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga mavjud bino ta’mirlanib, IT sohasiga moslashtirildi. Obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda texnik vositalar sotib olindi.
Natijada 2 ta kompyuter sinf xonasi, 40 ta monoblok jamlanmasi va zamon talablariga mos boshqa o‘quv qo‘llanmalari nazariy mashg‘ulotlarga yo‘naltirildi.
Bunyodkorlik ishlari davomida talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash masalasi ham inobatga olindi. 150 o‘rinli binoda ta’mirlash ishlari olib borilib, talabalar uchun zarur qulayliklar yaratildi.
Hozirda ushbu texnikumda 540 nafar bo‘lg‘usi mutaxassislar zamonaviy kasb yo‘nalishlarida saboq olmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring