Andijonda ham 6 yoshli bolani “Damas” urib yubordi
Illyustrativ foto
Andijonda “Damas” yoʻlning belgilanmagan joydan kesib oʻtayotgan bolani urib yubordi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 20-avgust kuni soat 15:00larda, Asaka tumani “Beruniy« MFY Al-Buxoriy koʻchasidan oʻtgan, D-105 «Asaka — Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlida haydovchi J.R. oʻzining “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib, yoʻlning oʻng tomonidan chap tomoniga belgilanmagan joydan kesib oʻtayotgan 2019-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan piyoda M.M.ni urib yuborgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan piyoda yengil tan jarohati olib Asaka tuman tez tibbiy yordam birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB YHXG xodimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu kabi holat 16-avgust kuni Fargʻona viloyati Buvayda tumanida ham sodir boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring