Fargʻonada 6 yashar bola ayanchli YTHda halok boʻldi

10:12 21 Avgust 2025 Jamiyat
113 0

Videodan kadr

Fargʻona viloyati Buvayda tumanida 33 yoshli haydovchi 6 yashar bolani bosib ketdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 16-avgust kuni soat 16:30 larda Buvayda tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oʻtgan 40V083 avtomobil yoʻlining 1-kilometrida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 33 yoshli T.M. “Gaz-3110” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, velosipedda yoʻlning qatnov qismiga chiqib yuborgan 6 yashar X.M.ni urib yuborgan.

Yoʻl-transport hodisasi oqibatida X.M. tan jarohati olib shifoxonaga olib borilgan. Biroq bola koʻrsatilgan tibbiy yordam qaramasdan oʻsha yerda vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?