Andijonda baliqchilikni rivojlantirishga 50 mln dollar ajratiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Andijon viloyatidagi 5,7 ming gektar sunʼiy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetishtirilayotgani maʼlum qilindi.
Andijon tumanidagi tadbirkor 15 million dollar hisobiga 320 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish, 500 ta xonadon bilan kooperatsiya qilish tashabbusini bildirgan. Loyiha doirasida 27 turdagi karp baligʻidan mahalliy sharoitga mos baliq nasli yaratish reja qilingan.
Ushbu loyihaga Osiyo taraqqiyot banki ilk bor toʻgʻridan-toʻgʻri 15 million dollar berishga rozi. Buning uchun viloyat hokimligi huzurida loyiha ofisi tashkil qilinadi, tadbirkor va Osiyo taraqqiyot banki bilan uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
Mutasaddilarga xorijdan 100 million dollar jalb qilib, yil yakunigacha 1,2 ming gektarda kamida 5-6 ta shunday loyihani yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Umuman, respublikada baliqchilikni rivojlantirishga 150 million dollar resurs beriladi. Shundan 50 million dollari Andijonga ajratiladi.
Viloyatning turizm salohiyatidan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.
Xonoboddagi Kampirovot mahallasida 92 gektar hududda turizm markazi tashkil qilinadi. Bunday turizm maskanlari Buloqboshidagi Shirmonbuloq, Xoʻjaoboddagi Tosh ota mahallalarida ham tashkil qilinsa, qoʻshimcha 1 million turist jalb qilish uchun barcha imkoniyatlar bor.
Mutasaddilarga ushbu mahallalarning master-rejasini ishlab chiqib, zarur infratuzilma xarajatlarini hal qilib berish topshirildi.
Viloyat va tuman hokimliklari bu yil 125 million dollarlik 25 ta loyihani yakuniga yetkazish, 3,5 million xorijiy va mahalliy sayyohni jalb qilib, turizm eksportini 200 million dollardan oshirishga masʼul etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring