Andijon viloyatida ehtiyojmand oilalarga koʻmir tarqatildi
Andijon viloyatida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida manzilli amaliy yordam koʻrsatish ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, Baliqchi tumanida ehtiyojmand oilalarga 100 tonna koʻmir tarqatildi.
— Tumanimizda aholini shu tarzda qoʻllab-quvvatlash anʼanaga aylangan, — deydi Istiqlol mahallasida istiqomat qiluvchi Robiyaxon Fayziboyeva. — Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash ishlari ham yoʻlga qoʻyilgan. Eng muhimi, kam taʼminlangan oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qilish boʻyicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu eʼtibor uchun minnatdormiz.
Shu kabi xayrli tashabbuslar viloyatning boshqa hududlarida ham izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Marhamat tumanida ehtiyojmand oilalarga 300 tonna koʻmir bepul tarqatildi. Umuman olganda, viloyat boʻyicha shu kunga qadar 2330 ta oila ana shunday ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlari bilan qamrab olindi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring